Argentinalik futbol yulduzi, “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi jarohatidan forig‘ bo‘ldi va MLS chempionatining birinchi turida o‘ynashga tayyor.
![](/static/2024/02/17/messi-KZyuJO78.jpg)
Bu haqda “Inter Mayami” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino aytib o‘tdi. Mutaxassisning fikricha, argentinalik futbolchi chempionat startigacha tayyor bo‘lish uchun bosqichma-bosqich yuklamalar olgan.
Eslatib o‘tamiz, MLS chempionatining birinchi turida Lionel Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” futbolchilari “Real Solt Leyk” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)