Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov professional boksda debyut qiladi.
![](/static/2024/02/20/photo_2024-02-19_09-11-52-jcQVBokL.jpg)
O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o‘tkazgan Faryozbek shu kungacha havaskor boksda 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022-yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.
Hasanboy Do‘smatovning ukasi professional boksdagi ilk jangini 2-mart kuni Koreyada tashkil etilayotgan FW1 turniri doirasida o‘tkazadi. Unga filippinlik 28 yoshli charm qo‘lqop ustasi Jover Amistoso (5-2-0) raqiblik qiladi. Jover debyut jangini 2020-yil o‘tkazgan.