Kecha 37 yoshli yarim himoyachi Tom Xaddlestoun “Manchester Yunayted”ning 21 yoshgacha bo‘lgan futbol jamoasi safida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushdi va o‘yinda gol urishga erishdi.
![](/static/2024/02/21/gettyimages-2023504676-2048x2048-i_4aqeyo.jpg)
Bu gol uning “Manchester Yunayted” yoshlar jamoasidagi birinchi goli bo‘ldi. Xaddlestoun “qizil iblislar” jamoasining o‘ynovchi murabbiyi hisoblanadi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, Xaddlestoun o‘zining professional futboldagi debyutini 2003-yilda o‘tkazgan va shu paytgacha biror marta gol urmagan.