Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 24 ta xonadon uchun 37 nafar fuqarodan pul undirgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/22/департ-GVfjnDEV.jpg)
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.C.” MCHJ tomonidan “Bo‘ston” MFY hududida 4 qavatli 24 ta xonadondan iborat turar joy majmuasi qurilgan bo‘lsa-da, MCHJ rahbari J.K. yana qo‘shimcha ravishda 13 ta xonadon uchun fuqarolarning jami 303,9 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)