La Liga doirasidagi uchrashuvlarning so‘nggi 15 daqiqasida urilgan gollar “qirollik” klubiga 17 ochko keltirgan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Barselona” mutlaq yetakchi. Ular so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar sabab, 24 ochkoni yig‘a olgan.
![](/static/2024/02/26/luka-xEry-Pb_.jpg)
Eslatib o‘tamiz, “Real” jamoasi “Sevilya” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu gol ham so‘nggi daqiqalarda urildi. Luka Modrichning 81-daqiqada urgan goli madridliklarga g‘alaba keltirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Real Madrid” jamoasi 65 ochko to‘plab birinchi o‘rinda bormoqda.