Faqat ayollar ishtirokidagi tadbir va marosimlarda shou-biznes yulduzlarining navbatchilik qilishi qanchaga tushadi? Quyida ushbu savolga javob izlaymiz.
Sevara Soliyeva
![](/static/2024/03/01/photo_2024-03-01_14-27-51-CSRfZwUx.jpg)
Aktrisa Sevara Soliyevaning guruhini ayollar ishtirokidagi tadbirlarga chaqirish uchun 600 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Bu summa ichida aktrisaning guruhi ham boshlovchilik qiladi, ham qo‘shiq kuylaydi.
Munojat Alimboyeva
![](/static/2024/03/01/photo_2024-03-01_14-28-05-g3aOhprW.jpg)
O‘zbek kinosining “Jaydari kelin”i — Munojat Alimboyevani unutilmas kuningizga taklif qilmoqchi bo‘lsangiz, 700 dollarni tayyorlab qo‘ying.
Dilso‘z
![](/static/2024/03/01/photo_2024-03-01_14-27-53-u2CPa56m.jpg)
Xushovoz xonanda Dilso‘z 1200 dollar evaziga navbatchi san’atkorlar ro‘yxatidan o‘rin egallaydi.
Shahlo Zoirova
![](/static/2024/03/01/photo_2024-03-01_14-27-56-YAlfw7eX.jpg)
“Bravo” kulgi jamoasining sobiq aktrisasi Shahlo Zoirova ham 1200 dollarga to‘yingizga tashrif buyuradi.
Manzura
![](/static/2024/03/01/photo_2024-03-01_14-27-59-0CrEXud1.jpg)
Xonanda va aktrisa Manzura asosan “birrov”ga yursa-da, ayollar ishtirokidagi tadbirga navbatchilikka taklif etilsa 2200 dollar oladi.
Dildora Niyozova
![](/static/2024/03/01/photo_2024-03-01_14-28-02-td8rn0NK.jpg)
Xit qo‘shiqlar ijrochisi Dildora Niyozova 2400 dollarga ayollar ishtirokidagi tadbirga fayz bag‘ishlab, uni boshdan oxirigacha o‘tkazib beradi.