China Media Group telekompaniyasi to‘liq ravishda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan xitoy tilidagi multserial namoyishini boshladi. Bu haqda “Pravila Jizni” nashri xabar bermoqda.
![](/static/2024/03/04/smart_quality_scale_1200-4KpBBLKI.jpeg)
26 qismdan iborat “Mingyillik she’riyat” multseriali Xitoy she’riyati, afsonalari va tarixiy hikoyalarini o‘zida mujassam etadi. Undagi 200 dan ortiq she’rlar maktab dasturidan olingan bo‘lib, har bir epizod o‘rtacha 7 daqiqa davom etadi.
![](/static/2024/03/04/scale_2400 (1)-bNOU4WHl.jpeg)
Multserialni yaratishda OpenAI’ning Sora dasturi va China Media kompaniyasining CMG Media GPT sun’iy intellektidan foydalanilgan. Ushbu dasturlar turli ko‘rinishdagi matn va audio materiallarni video formatga o‘zgartira oladi.
![](/static/2024/03/04/scale_2400 (2)-Zy6SEhUA.jpeg)
Biz texnologik innovatsiyalar imkoniyatidan kengroq foydalanamiz hamda internet va sunʼiy intellekt asosida kuchli dasturlar yaratamiz. Bu orqali ommaviy axborot vositalari rivojlanishining yangi bosqichiga o‘tamiz, — dedi China Media Group kompaniyasi rahbari Shen Xaysyun.
![](/static/2024/03/04/scale_2400-JueO6ljy.jpeg)