Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar o‘tgan yili qurol xarid qilish uchun 58 milliard yevro sarflagan.
Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
![](/static/2024/03/05/borrel23-kHsaFKqz.jpg)
“Biz Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni qurol sotib olish bo‘yicha almashtirmayapmiz. Ular sotib olishda davom etadi. O‘tgan yili a’zo davlatlar tomonidan qurol sotib olish uchun 58 milliard yevro sarflangan”, — dedi u.
Avvalroq Borrel dronlar va sunʼiy intellektni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Ukrainaga yordam jamg‘armasi yaratishni taklif qilgandi.
Izoh (0)