O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati ma’lumot berdi.
![](/static/2024/03/06/ish-eeIrgj7H.jpg)
Xabarga ko‘ra, fuqarolar Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga taklif etiladi. Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:
- avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnikum yoki kollej diplomi va tajriba;
- Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC’dan olingan nemis tili bo‘yicha kamida A2 sertifikat;
- 20 yoshdan 40 yoshgacha;
- sog‘lom, xushmuomala, mas’uliyatli bo‘lishi;
- Ausbildung tizimi uchun maktab shahodatnomasi va Nemis tilidan kamida B1 sertifikat.
Shuningdek, quyidagi afzalliklar mavjud:
- oylik 1700 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
- Ausbildung tizimi uchun 3 yil davomida stipendiya 900 yevrodan boshladi;
- Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
- sinov muddatidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati;
- 1 yilda 30 kun ta’til;
- arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘mak.
Izoh (0)