Surxondaryo viloyati Boysun tumanida erkak o‘z xotinini o‘ldirib, jarlikka ko‘mib yubordi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
![](/static/2024/03/07/kish-gWsBPzHv.jpg)
Aytilishicha, Surxondaryo viloyati Bandixon tumani “Obikor” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.R. 34 yashar qizi 2024-yilning 6-fevral kuni to‘satdan yo‘qolib qolganini, shu yilning 1-mart kuni uning jasadi Boysun tumani “Dashttig‘oz” mahallasi yaqinidagi jarlikdan topilganini yozgan. Otaning ta’kidlashicha, qizi chuqurlikka ko‘milgan va ustidan 2 kamaz tuproq tortilgan.
Qotillikni hozircha marhumaning eri A.Q. bo‘yniga olgan va Surxondaryo viloyati IIBda odam o‘ldirishda ayblanmoqda. Ayblanuvchining akasi — Amirov Alisher Xurramovich, Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
Erkak qizining qaynotasi (hokim o‘rinbosarining otasi) u bilan qasdlashgani, bir necha marta unga o‘ldirish bilan tahdid qilgani, qizining o‘limi butun boshli oila tomonidan uyushtirilganini iddao qilmoqda.
Izoh (0)