Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod ko‘prigida avariya sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
![](/static/2024/03/14/Снимок экрана 2024-03-14 в 22.08.34-pWcvXwc0.png)
Maʼlum qilinishicha, Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Jumladan, Lacetti, uchta Cobalt va Kinglong rusumli avtomashinalari to‘qnashgan.
YTH oqibatida 3 nafar haydovchi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishi xabar qilindi.