19-mart kuni Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi tunnel devoriga urilishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xitoy davlat matbuotiga tayanib Reuters xabar berdi.
![](/static/2024/03/20/photo_2024-03-20_16-00-01--R_5Eo2Y.jpg)
Mahalliy hokimiyatga ko‘ra, voqea soat 14:37 da sodir bo‘lgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yuborilgan.
Xuddi shu kuni mahalliy vaqt bilan 11:20 da Xitoy sharqidagi Taychjou shahridagi kasb-hunar maktabi yaqinida mashinaning olomon ustiga bostirib borishi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 16 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Jabrlanganlarning ahvoli barqaror, deyilgan bayonotda.
Xitoyda ommaviy avtohalokatlar tez-tez sodir bo‘lmoqda. Avvalroq Xitoy matbuoti aholi punktida yengil mashina ishtirokidagi avtohalokat haqida xabar bergan edi:
1-mart kuni Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasidagi Dezhao turar joy massivida avtomobilning bir guruh odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan va bir necha bolalar jarohat olgan edi, — deya ma’lum qilgan davlat matbuoti.
Izoh (0)