Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turmushimizni yengillashtiradigan, kunimizga yaraydigan ixtirolar ayollar, yanada aniqrog‘i uy bekalari tomonidan o‘ylab topilgan.

Idish yuvadigan mashina

Foto: Travel Ask

Foto: Travel Ask

Eng birinchi idish yuvadigan mashina prototipi 1850-yilda erkak tomonidan o‘ylab topilgan. Ammo u qog‘ozda qolib ketgan. Unda ko‘plab nuqsonlar bo‘lgan, qo‘pol, kamida qo‘l mehnati bilan ishlatilishi kerak bo‘lgan. Bugungi kunda biz ishlatadigan idish yuvish mashinasi esa amerikalik uy bekasi Jozefina Kokreyn tomonidan o‘ylab topilgan. Aynan u mashina uchun finjonlar, tarelka va idishlar qo‘yish uchun alohida metalli konstruksiya ishlab chiqqan. Shuningdek, u mashinaga elektr motor o‘rnatgan va idish-tovoqlar benuqson yuvilishi uchun suv bosimini ham ko‘zdan qochirmagan. Bularning barini Kokreyn uyining omborxonasida amalga oshirgan.

Bolalar tagliklari

Foto: Travel Ask

Foto: Travel Ask

Bugungi kunda ko‘pchilikning koriga yaraydigan tagliklar ham boshqa bir amerikalik ayol Marion Donovan tomonidan o‘ylab topilgan. Vogue jurnali muharriri dekretda vaqti qizining choyshablarini “boplab” qo‘yishidan charchagan. Ushbu muammoga yechim topish uchun Marion qiziga vannaga tutiladigan klyonkali matodan taglik tikishga qaror qilgan. U ushbu taglikdan asos sifatida foydalanib, ichiga mato qo‘ygan. Donovonning ushbu ixtirosi bolalar uchun xavfsiz va terisiga zarar yetkazmagan. Ushbu ixtiro jurnal muharririga muvaffaqiyat olib kelganidan keyin ayol jurnalistlikni tashlab ixtirolar bilan shug‘ullanishni boshlagan. Sochiqlar uchun dispenser, shkaf uchun organayzer, tish tozalaydigan ip va boshqa bir qancha biz kundalik turmushda foydalanadigan narsa va buyumlar aynan ushbu ayol tomonidan o‘ylab topilgan.

Suvini o‘zi siqadigan polyuvgich

Foto: Travel Ask

Foto: Travel Ask

Ushbu ixtiro va uning muallifi haqida film suratga olingan va unda Jennifer Lourens, Robert De Niro va Bredli Kuper suratga tushgan. Kartina oddiy bo‘lmagan hayot tarzi va oddiy uy bekasi Joy Manganoning qiyinchilik bilan erishgan muvaffaqiyati haqida hikoya qiladi. Uch nafar farzandini yolg‘iz katta qilgan, kamiga ertalabdan kechgacha ishlaydigan ayol uyga qaytganidan keyin charchaganidan yumushlarni bajarishga holi qolmaydi. Katta uyning polini yuvish unga qiyinchilik tug‘diradi va aynan shu narsa unga suvini siqadigan mexanizmli polyuvgich o‘ylab topishga turtki bo‘ladi. Mangano ixtirosidan boshqalar xabardor bo‘lishi uchun ko‘p narsani bosib o‘tadi va aksari ayollarning uy yumushlari yengillashishiga sababchi bo‘ladi. Taqdiri oson kechmagan ushbu ayol qisqichli va sirpanmaydigan kiyim ilgichlar o‘ylab topgan.

Qanchalik hayratlanarli tuyulmasin, mashina oyna-tozalagichlari, bronejilet, diskli arra va qor tozalaydigan mashina ham oddiy kotiba va uy bekalari tomonidan o‘ylab topilgan. Ular o‘z ixtirosi bilan nafaqat o‘zini, balki erkaklar hayotini yengillashtirishga harakat qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »