Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qurilish vaziri Botir Zokirov Samarqand shahrining tarixiy qismida belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda qurilgan uylarning buzilishi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov.

Qurilish vaziri Botir Zokirov.
Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

Vazirning ta’kidlashicha, YuNESKO e’tirozi bo‘yicha 24 ta bino balandligini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqilgan. Biroq bu loyihalarni amalga oshirish juda katta mablag‘ talab etadi.

“Balandligi qisqartirilishi lozim bo‘lgan binolarning ustini olib tashlab bo‘lmaydi. Uning ham o‘z texnologiyasi bor. Binolar diametri ikki metrli maxsus olmos parmalar bilan kesib olinadi. Maxsus pichoqli parmalar bilan 85 santimetr qalinlikdagi devorning tarkibida g‘isht, beton, armatura — nimadan iborat bo‘lishidan qat’i nazar kesib olinadi. Ammo bu narsalar juda qimmat turadi. Boshqacha yo‘l tutishning imkoni yo‘q. Qurish oson, buzish qiyin. Gap aslida bu uskunaning pulida ham emas. Masalan, noqonuniy uy qurganlardan biri hozir qamoqda o‘tiribdi. Qurilgan uylarga esa odamlar ko‘chib kirgan, ularni chiqarishda muammo bor”, — deydi Botir Zokirov.

Botir Zokirov baland turgan uylarni kesib tashlash bilan ham ish bitmasligini ma’lum qildi.

“Odamlarni ko‘chaga haydab yubormaysiz-ku?! Bu muammo hozircha bizni to‘xtatib turibdi. Boshqa masalalar, taklif va loyihalar tayyorlab bo‘lingan. O‘ylaymanki, buning ham yechimi bo‘ladi”, — dedi vazir.

“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, Samarqand shahrida shaharsozlik hujjatlarisiz qurilgan obyektlar soni 251 tani tashkil etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 26-iyulda viloyatga tashrifi chog‘ida ushbu noqonuniy obyektlarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq ham berilgan.

Aniqlanishicha, to‘liq qurib bitkazilgan 378 ta xonadonli obyektning 81 ta xonadoniga uy egalari ko‘chib kirgan. Bitta xonadonning narxi o‘rtacha 180 million so‘m bo‘lsa, buziladigan 135 ta xonadon narxi 24,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manbaning aytishicha, binoning 1 va 2-bloklarining barcha hujjatlari mavjud bo‘lib, 3—9-bloklari uchun yer ajratish va qurilishga ruxsat berish bo‘yicha hokim qarori chiqarilmagan. Shuningdek, qurilish fuqarolardan sotib olingan turar joylarni o‘zboshimchalik bilan buzib, bo‘shagan yer maydonida amalga oshirilgan. Obyekt qurilishi uchun Madaniyat vazirligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan kelishilmagan. Viloyat shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilmagan. Qurilish nazorat inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va qurilishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olinmagan.

Shu sabab Samarqand shahar hokimligi tomonidan 2019-yilning 19-fevral kuni FIB (Fuqarolik ishlari bo‘yicha) Samarqand shahar sudiga binoning 3—4-bloklarining olti qavatini qoldirib, yuqori to‘rtta qavatini, 5—6-bloklarning besh qavatini qoldirib, yuqori beshta qavatini, 7—8-bloklarning to‘rt qavatini qoldirib, yuqori olti qavatini buzish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan. Biroq FIB Samarqand shahar sudining 2018-yil 27-iyuldagi qarori bilan bino buzilishi belgilanganligi sababli da’vo arizasi ko‘rilmasdan qoldirilgan.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, binoning yuqori qavatlarini buzish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilot “TashGiprogor” AJ etib belgilangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, buzish ishlariga 8 milliard 875 million 248 ming 412 so‘m sarflanishi hisoblangan. Buzish ishlariga “Sarmoya quruvchi servis” MChJ pudrat tashkiloti etib biriktirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »