Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva “Daryo” internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat davomida ba’zi estrada xonandalarining munosabatidan ranjigani va maqom san’atiga hurmatsizlik qilishgani haqida so‘zlab berdi.

Xalqimiz san’atning qadriga yetadi, rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ijodkorlar rep, rok, jaz yoki akademik xonandalik yo‘nalishida ham ijod qilishi mumkin. Reper yigitlar ham ijod qilishdi, oqar suv o‘zi yo‘lini topganidek, vaqt kimning qanday ijodkor ekanligini ko‘rsatdi. Maqom xonandalari bor ovozi bo‘lib, jonini jabborga berib tomiri bo‘rtib chiqquncha qo‘shiq aytganida, bitta estrada xonandasi bashang kiyinib kelib, dunyo tashvishlaridan ozod insondek fonogrammada qo‘shiq aytib ketardi. Bunga katta pul olishi bizni qattiq afsuslantirardi.

Shunda ham biz fonogrammada qo‘shiq aytamiz yoki ular jonli ijroda qo‘shiq kuylasin demadik. Vaqt hammasini o‘z o‘rniga qo‘yishini, kun kelib poydevori mustahkam mumtoz san’ati qadr topishini kutdik. Unday keyin estrada xonandalari ham jonli ijroda kuylasin, degan talablar bo‘ldi, xonandalar tinglovchilarning tanloviga ko‘ra fonogramma yoki jonli ijroda kuylaydigan davrlar keldi.

Aslida estrada xonandalariga ham osonmas. Kichkinagina ovozi bilan qo‘shiq dardini tinglovchiga yetkazib berish ham bir san’at hisoblanadi. Mayli, jonli ijroda qo‘shiq aytmasin, ammo shu ishni qilayotgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysin, ustozlarni ko‘rganda hech bo‘lmasa “Assalomu alaykum”, deb qo‘ysin. Shunday kunlar ham bo‘ldiki, ba’zi estrada xonandalari maqom ashulachilarini mensimay tepalab o‘tib ketishdi.

Bir kuni to‘yga bordik. Aksiga olib “svet” o‘chib qolgan ekan. Mashhur san’atkorlar to‘yni boshlolmay o‘tirishibdi. “Munojotxon, siz boshlab turing, ‘svet’ kelsa biz davom ettiramiz”, deyishdi. “Bularning hurmati bor, har holda xalq artistlari” deb hayron bo‘lsam, ustozim kulib “Bular jonli aytisholmaydi”, degandi.

Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Qahramoni.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »