Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda BaigeNews xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, erkak 2014-yilda olti nafar fuqaroga Qozog‘istonda yuqori maoshli ishga joylashtirishni va’da qilib, O‘zbekistondan olib chiqib ketgan. Olmaotada u vatandoshlarining pasportlarini olib, boshqa shaxsga topshirgan. Ular yetti oy davomida og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi 2015-yilda O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2019-yilda sud qarori bilan jazoning o‘talmagan qismi shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan. Erkak ozodlikka chiqqach, Qozog‘istonga qochib ketgan. Shundan so‘ng u davlatlararo qidiruvga berilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda sud qarori bilan ushbu shaxs hibsga olingan va uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 44 yoshli ayolni Turkiyaga fohishalik uchun yubormoqchi bo‘lgan erkak ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Navoiyda 16 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol qo‘lga olingani va Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloqni 8500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona-bola 3 yarim yilga qamalgani ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »