Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatidagi mavjud ko‘p qavatli uylarda yashovchi yashovchi 1881 ta xonadon egasi “dom”lar oldida noqonuniy qurilishni amalga oshirgan. Bu haqda viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida 2037 ta uy-joy fondini o‘rganib chiqqan. O‘rganishlar davomida 1881 ta xonadon egasi ko‘p qavatli uyga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilmalar barpo etgani ma’lum bo‘lgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

“Shundan so‘ng 89 ta holatda mulkdorlarga ularni ixtiyoriy ravishda buzish haqida majburiy ko‘rsatmalar berildi. Shundan 49 tasi majburiy tartibda buzdirishga oid sudlarga topshirildi. 33 ta ma’muriy bayonnoma bo‘yicha sudlar tomonidan 5 million 751 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Qolgan 40 ta majburiy ko‘rsatmalar berilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sudga topshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, — deydi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining viloyatdagi mas’uli Abdurasul Safarov.

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Viloyatda shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlarining ko‘p kvartirali uylarni kapital ta’mirlashni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalasi ham o‘rganib chiqilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

“Qarshi shahridagi ‘Aleks’ xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida aholidan yig‘ilgan 7 million 17 ming so‘m pul bankka kirim qilinmasdan o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha choralar ko‘rish uchun 2022-yil 7-fevral kuni Qarshi shahar prokuraturasiga taqdimnoma kiritildi. ‘Paxtazor haqiqati’ shirkati tomonidan ham 13 million 501 ming so‘m mablag‘ bankka kirim qilinmasdan o‘zlashtirilganligi aniqlangan. Bu bo‘yicha ham Qarshi shahar prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgan”, — deyiladi boshqarma axborot xizmati tarqatgan ma’lumotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »