Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2022-yilning 1-sentabridan boshlab xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar rahbarlariga budjetdan tashqari mablag‘larini mustaqil tasarruf etish huquqi beriladi. Bu haqda “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” prezident qarorida belgilandi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur qaror qabul qilingunga qadar xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25 foiz miqdorida to‘lab kelingan bo‘lib, yangi tartib bo‘yicha ushbu miqdor 1 foiz etib belgilandi.

Ya’ni, muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari daromadlari 24 foizga ko‘payishiga erishiladi.

Misol uchun, Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan 307-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan 2021-yil davomida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 2,4 milliard so‘m mablag‘ni xodimlariga qo‘shimcha ish haqi, ustama va mukofotlarga yo‘naltirgan bo‘lib, shundan 482 million so‘m ijtimoiy soliq to‘lovlarini tashkil etgan.

Endilikda esa, joriy yilda ham shu miqdordagi mablag‘larni xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishga yo‘naltiradigan taqdirda maktab ixtiyorida yangi imtiyozlar hisobiga qo‘shimcha 462,5 million so‘m mablag‘ qolib, atigi 19,5 million so‘m ijtimoiy soliq uchun to‘lanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘larni yashirgan, shuningdek, xodimlarga norasmiy ish haqi to‘lagan xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Qonun bilan shuningdek, barcha tuman-shaharlarida 1-sentabrdan “Namunali maktab” reytingi joriy etiladi, maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi, maktablarida ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun 400 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »