Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezidentning “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab har yili respublika aholisini virusli gepatit B va C turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit C turi bilan kasallangan bemorlarni davolashni 10,5 ming nafargacha yetkaziladi. Skrining tekshiruvlarida virusli gepatit C turi aniqlangan bemorlarni davolash jarayonida dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.

Kasallik yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan, qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlarini gepatit B infeksiyasiga qarshi emlash bilan to‘liq qamrab olinadi. 2022-yil 1-iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit B kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi.

2022-yil 1-sentabrdan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida (fohishalik bilan shug‘ullanish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni o‘z hisobidan gepatitning B va C turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

SSV muassisligida IT-Med MCHJ tomonidan jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri 2022-yil 1-noyabrga qadar ishlab chiqiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi SSV bilan birgalikda 1-iyuldan boshlab har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablag‘lar ajratadi.

Avvalroq qaror bilan O‘zbekistonning 7 ta hududida Qrim-Kongo isitmasi bilan kasallanganlarning qon plazmasi banki tashkil etilishi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »