Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida treylerning (yuk mashinasi) tormozi ishlamay qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Shohruh G‘iyosov

Foto: Shohruh G‘iyosov

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 21-may kuni soat taxminan 15:30 larda, Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati Qadamjoy tumani orqali O‘zbekistonning So‘x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklangan treyler avtotransportining tormoz uskunasi ishdan chiqib, haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda Qirg‘iziston Respublikasi “Chechme” chegara o‘tkazish punkti va O‘zbekiston Respublikasi “Chashma” chegara o‘tkazish punkti orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O‘zbekiston va 10 ta Qirg‘iziston Respublikasi) avtomashinalarga urilib, ularga shikast yetkazgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Avtohalokat oqibatida, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O‘zbekiston Respublikasi, qolgan 8 nafari Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi) vafot etgan.

Jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishi ta’minlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »