Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

13-iyulga o‘tar kechasi Lugansk HIMARS raketa qurilmalaridan o‘qqa tutildi. Xerson viloyatining “yangi hokimiyati” Ukraina Qurolli kuchlarini bug‘doy dalalariga o‘t qo‘yganlikda aybladi. Urushda birinchi rossiyalik harbiy ayol vafot etdi — Volgograd shahridan bo‘lgan Anastasiya Savitskaya. Shimoliy Koreya DXR va LXRning mustaqilligini tan oldi, bunga javoban Ukraina KXDR bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Istanbulda Qora dengiz portlaridan g‘alla eksporti bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi: muvofiqlashtirish markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Rossiya va Donbass respublikalari qo‘shinlari Seversk shahri chegarasiga kirdi. Meduza urushning 140-kuniga oid asosiy fotosuratlarni jamladi.

Kiyev viloyati

Mudofaa jangchilari Bucha yaqinidagi mashg‘ulotlardan so‘ng tushlik qilishga yig‘ildi. Kiyev viloyatidagi bu shahar urushda Rossiya harbiy jinoyatlarining asosiy ramziga aylangan.

Mudofaa jangchilari Bucha yaqinidagi mashg‘ulotlardan so‘ng tushlik qilishga yig‘ildi. Kiyev viloyatidagi bu shahar urushda Rossiya harbiy jinoyatlarining asosiy ramziga aylangan.
Foto: AFP

Donbass shimoli

Lugansk viloyati, Rubijnoy shahri ko‘chalaridan birida yurgan mahalliy aholi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin shaharda 60 mingdan ortiq odam yashagan. Hozir u butunlay vayron qilingan.

Foto: “TASS”

Ukraina harbiylari Slavyanskning sanoat qismidagi hududni tekshirmoqda. 13-iyul kuni rus qo‘shinlari shaharga bir necha bor aviazarbalar berdi. Zevs Ceramica zavodining binosi shikastlangan, Rossiya armiyasining Slavyanskka hujumi yo‘lida joylashgan ikkita ko‘prik esa vayron qilingan.

Foto: Anadolu

Bahmut shahrida yashovchi 79 yoshli kishi Rossiya raketalaridan vayron bo‘lgan uyi yonida. Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Snaryadlar sakkizta uyga zarar yetkazgan.

Ukraina Qurolli Kuchlari askari okopda.

Ukraina Qurolli Kuchlari askari okopda.
Foto: AFP

Zirhli mashina yonida turgan ukrainalik askar.

Zirhli mashina yonida turgan ukrainalik askar.
Foto: AFP

Foto: AFP

Ukraina harbiylari T-72 tankida front chizig‘iga yaqin hududda harakatlanmoqda.

Ukraina harbiylari T-72 tankida front chizig‘iga yaqin hududda harakatlanmoqda.
Foto: AFP

Mariupol

Rossiyaning minalarni tozalash bo‘yicha mutaxassislari yuqori kuchlanish liniyasi bo‘ylab minalarni qidirmoqda va zararsizlantirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Ukrainani to‘liq minalardan tozalash 10 yilgacha davom etishi mumkin.

Foto: AP Photo

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »