Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Respublikasining Shetskiy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan birlamchi ma’lumot berildi.

"2022-yil 16-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 3:21 da Qozog‘iston Respublikasi Shetskiy tumanidan o‘tgan “Almata-Yekatirinburg” avtomobil yo‘lining 850 km da harakatlangan, MAN yuk mashinasi va “Mercedes-Benz Sprinter” yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashishi oqibatida mikroavtobus ichida bo‘lgan 17 nafar yo‘lovchilardan 8 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 9 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarohati olib, Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasiga yotqizilgan.

YTH oqibatida mikroavtobus salonida bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi IIV hodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda" - deyiladi O‘zbekiston FVV xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »