Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning 203-kuni yakunlari bo‘yicha xalqqa murojaatida Rossiya Qurolli kuchlarining Krivoy Rog shahriga bergan zarbalari haqida fikr bildirdi. U bayonotining bir qismida rus tilida, rossiyalik harbiylarga murojaat qildi.

Bugun raketalaringiz, Krivoy Rogga, Karachunov suv ombori dambasiga, umuman harbiy ahamiyatga ega bo‘lmagan obyektlarga tashlangan Rossiya raketalari, aslida yuz minglab oddiy fuqarolarga berilgan zarba bo‘ldi — bu Rossiya yutqazayotganiga yana bir sababdir.

U nafaqat bu urushda, balki tarixda ham yutqazmoqda. Siz tinch aholi bilan urushayotgan zaif odamlarsiz. Jang maydonidan qochib, uzoqdan turib zarar yetkazishga urinayotgan yaramaslarsiz. Siz kelajakda nabiralaringiz sizdan uyaladigan terroristlar bo‘lib qolasiz”, — dedi Ukraina prezidenti Rossiya harbiylariga murojaatida.

Zelenskiyning aytishicha, voqealar rivoji Rossiya askarlari uchun yagona yo‘l — taslim bo‘lish ekanini ko‘rsatmoqda. Faqat shu yo‘l ularning hayoti hamda barcha konvensiyalarga muvofiq munosabatlarni saqlab qolishni kafolatlaydi.

14-sentabr kuni Rossiya qo‘shinlari “Kinjal” va “Iskander” raketalari bilan Krivoy Rogning gidrotexnika infratuzilmasini o‘qqa tutgan. Oqibatda Ingulets daryosida suv sathi ikki-uch metrga ko‘tarilgan. Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vilkulning so‘zlariga ko‘ra, 112 ta xususiy uy va yozgi uylar suv ostida qolgan. Avariyani bartaraf etish uchun daryoning o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida kechasi dambada maqsadli portlashlar amalga oshirilgan. 15-sentabr kuni ertalab daryoda suv oqimi kamayib, sathi pasaya boshladi.

Rossiya va Ukraina manbalariga ko‘ra, dambaga zarba berish orqali rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarining Xerson yo‘nalishi bo‘yicha harakatini sekinlashtirishga uringan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »