Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning korteji ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylandi.

Ukraina OAVlari avtohalokat yuz bergan joydan olingan videolarni e’lon qilmoqda, taxminlarga ko‘ra, u yarim tunga yaqin G‘alaba maydonida sodir bo‘lgan.

Shuningdek, prezident korteji bilan to‘qnashib ketgan avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilayotgani aks etgan video ham paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyevda yengil mashina Ukraina prezidentining avtomobili va hamrohlik qiluvchi mashinalar bilan to‘qnashib ketdi. Zelenskiy shifokor ko‘rigidan o‘tkazildi, jiddiy shikastlanishlar aniqlanmadi.

Prezident korteji bilan to‘qnashgan yengil avtomobil haydovchisi jarohatlar olgan. Prezidentga hamrohlik qilgan shifokorlar unga birinchi yordamni ko‘rsatgan, so‘ng “tez yordam” xodimlariga topshirgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari YTH yuz bergan holatni tekshirmoqda.

Zelenskiy Kiyevga Xarkov viloyatining Izyum shahridan yetib kelgan. 14-sentabr kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qarshi hujum paytida ozod qilingan Xarkov viloyatining Izyum shahriga kelgan edi. Izyum aprel boshida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallangan edi. Ukraina Qurolli kuchlari sentabr oyi boshida Xarkov va Xerson viloyatlarida boshlangan keng ko‘lamli qarshi hujum davomida shahar ustidan nazoratni qaytarib oldi. Izyum ma’muriyatining ma’lum qilishicha, shahar uchun janglar va okkupatsiya paytida kamida ming nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, bu hisobga tibbiy yordam olish imkoniyati yo‘qligi sabab vafot etganlar kiritilmagan.

Zelenskiyning korteji 2019-yil iyulida ham halokatga uchragan edi, o‘shanda u Zaporojye viloyatida bolalarni olib ketayotgan bir nechta avtobuslar bilan to‘qnashgan. Kortej tarkibidagi bir mikroavtobusga zarar yetgan, avariya natijasida hech kim jabrlanmagan edi. Zelenskiyning o‘zi halokat joyida bo‘lmagan, u Kiyevga samolyotda uchib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »