Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Muxlislar uchun o‘z kumirining shaxsiy hayoti, uyi, yashash tarzi haqidagi ma’lumotlar qiziq. Bundan tashqari, yulduzlar ko‘plab intervyularida uyi haqida ma’lumot bergan, bu esa ularni yanada yaxshiroq bilish uchun xizmat qiladi. Zee nashri Bollivud aktyorlarining qanday uyda yashashi haqida ma’lumot berdi.

Shohrux Xon — Mannat villasi

Bollivud qiroli haqiqatan ham qirol kabi yashaydi. Uy saroyni eslatuvchi oq ustunlar bilan bezatilgan. Bino Mumbayning boy insonlar yashaydigan Bandre tumanida joylashgan va 6 qavatdan iborat, umumiy maydoni esa 2446 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yulduzning uyi neoklassik uslubda qurilgan va hashamatli va antiqa buyumlar bilan gavjum.

Shohrux Xon uyni 2001-yilda, dastlab ijara asosida sotib olgan. Villa Viennaning nomi aktyorning istagiga ko‘ra Mannat’ga o‘zgartirildi, u esa “va’da” degan ma’noni anglatadi. Aniqrog‘i, nom rafiqasining didiga ko‘ra o‘zgartirildi. Uyning barcha ichki bezagi Gauri Xon tomonidan batafsil rejalashtirilgan bo‘lib, u o‘shandan beri dizaynga qiziqib, bir nechta yirik buyurtma loyihalarini amalga oshirdi va shuningdek o‘z mebellarini ham ishlab chiqardi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Mannat” villasida beshta yotoqxona, taniqli hind rassomi Makbul Fida Husaynning rasmlari bilan bezatilgan bir nechta mehmonxonalar, kutubxona, zamonaviy sport zali va, albatta, Bollivud qirolining shaxsiy kabineti mavjud. Uyning olti qavatidan ikkitasi oila ehtiyojlari uchun, unda bolalar uchun ulkan o‘yin maydonchasi, bar va ko‘ngilochar markazga ega turar-joy maydoni bor.

Shohrux Xon uyining narxi, ayrim ekspertlarning fikricha, hozirgi egasining holati, joylashuvi va derazani ochganda ko‘rinib turadigan ajoyib dengiz manzarasini hisobga olgan holda, taxminan 30 million dollarni tashkil etadi. Madaniy yodgorlik maqomidagi uy hech qachon buzilmaydi. Shohrux Xonning ko‘plab muxlislari uzoq vaqt uning uyi yonida o‘z kumirini ko‘rish uchun to‘planib turadi.

Foto: Zee

Foto: Zee

Ranbir Kapur — Krishna Raj uyi

Kapurlarning oilaviy yashaydigan uyi ham Bandrada joylashgan. Bir paytlar boy britaniyaliklar tasarrufida bo‘lgan , endi esa asta-sekin Bollivud yulduzlari ixtiyoriga o‘tayotgan Pali tepaligidan Dev Anand, Dilip Kumar, Sunill Datt uy sotib olgan. Daraxtlar bilan qoplangan, yam-yashil Pali tepaligi yulduzlarga shaxsiy hayot va yolg‘izlik tuyg‘usini, shaxsiy hayotini muxlislarning nazaridan himoya qilish imkonini beradi.

Kapurlar uyni 1980-yillarning boshida hind yadro-fizika olimi Xomi Setnadan sotib olgan. Uy sulola asoschisi Raj Kapur va uning rafiqasi Krishna sharafiga “Krishna Raj” deb nomlangan.

Uyda marhum aktyor Rishi Kapur, uning rafiqasi Nitu Singx va o‘g‘li Ranbir Kapur yashagan. Uy paparatssilar tomonidan bir necha bor kuzatilgan. Uning ichkariga ichkarisiga kirishga ruxsat berilmaydi, tashqaridan ulkan darvozalarni, yog‘och ustunlardan iborat oq devorlarini va kiraverishdagi yorqin belgini ko‘rish mumkin.

Foto: Zee

Foto: Zee

“Krishna Raj” sotilishi yoki qaytadan ta’mirlanishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2010-yil boshida uyni buzilib, yerni savdo markaziga bermoqchi bo‘lgan. Yana bir ma’lumotlarga ko‘ra — Ranbirning turmush qurishini hisobga olgan holda uy qayta qurilishi ham mumkin edi. Biroq reja amalga oshmadi, chunki mish-mishlarga ko‘ra, Kapurlar boshqa uyda yashagan. Bu yerda bir necha yillardan beri Ranbir Riddximaning singlisi yashaydi.

Shu yilning bahorida Kapurlar oilasi “Krishna Raj”dan ko‘chib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, uy buzilishi ham mumkin. Uning o‘rnida baland, ko‘p qavatlardan va yerto‘ladan iborat bino, 45 ta mashina uchun joy, terassada joylashgan ochiq basseyn va, albatta, hashamatli ko‘p qavatli uylar paydo bo‘ladi, ularning ikkitasi bir necha qavat qilib quriladi.

Kapurlar haligacha qurilish bo‘yicha hujjatlarini olmagani ma’lum qilingan. Biroq qarindoshlar uyning buzilishiga qarshi emas.

Jon Abraham — Mumbaydagi hashamatli uyda yashaydi

Katta loyihalar haqida gap ketganda, hamma ham qarindoshlarini ishga jalb qilishga jur’at eta olmaydi. “Baykerlar” filmi yulduzi Nyu-Yorkdagi o‘z uyining ta’mirlash ishlarini akasi Alanga ishonib topshirdi va ajoyib natijaga erishdi.

Professional arxitektor Alan yetti va sakkiz qavatdan iborat ikkita eski uyni birlashtirib, ularni zamonaviy uyga aylantirdi. U uyning ayrim qismlarini buzdi, binolarni qayta loyihalashtirdi va qavatlarga maxsus zinapoya qurdi.

Ma’lumotlarga ega, Jon Abrahamning uyi oddiy uslubda qurilgan, biroq Arab dengizining ajoyib manzarasiga ega. Qayta qurish jarayonida bu ham e’tiborga olindi: ko‘p xonalarda, shu jumladan yotoqxonada poldan shiftgacha to‘liq devorli derazalar mavjud.

Foto: Zee

Foto: Zee

Jon Abrahamning eko-uslubdagi penthausini umrida kamida bir marta qimmatbaho kurort mehmonxonasida dam olgan insonlar tasavvur qila oladi: uy asosan tabiiy materiallar (yog‘och, metall, shisha, tosh), o‘simliklar, keng, yorug‘ xonalardan tashkil topgan. Shuningdek unda neytral rangdagi mebel aksessuarlarining minimal to‘plamini ko‘rish mumkin.

Bu yerda hamma narsa ijodkorlik va dam olish uchun juda qulay. Uyning markaziy qismi do‘stona uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan stol va mehmonxona mavjud. Oshxona vastu kanoniga ko‘ra rejalashtirilgan. Asosiy yotoqxona oldida nafaqat jakuzili hammom, balki kichik ochiq basseynli terassa ham mavjud.

Qurilishda nafaqat tabiiy materiallardan, balki “yashil” qurilish usullaridan ham foydalanilgani qiziq. Jon Abrahamning akasi atrof-muhitga imkon qadar zarar yetkazmaslikka harakat qildi.

Amitabh Bachchan — “Jalsa” va yana to‘rtta uy

Bachchanlar oilasining Mumbayda bir-biriga yaqin masofada joylashgan beshta uyi bor. Ularning barchasi boy oilalar istiqomat qiluvchi Juhu tumanida joylashgan, ularning biridan ikkinchisiga yetib olish uchun 10 daqiqa piyoda yurish kifoya.

Amitabh Bachchan turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li Abhishek va uning oilasi bilan doimiy Jalsa bungalosida yashaydi. Amitabh rafiqasi Jaya bilan ro‘yxatdan o‘tgan 940 kvadrat metr maydonga ega uyni Bachchanlarga rejissor Ramesh Sippi aktyorning “G‘aroyib yettilik” filmidagi ajoyib ijrosiga minnatdorchilik sifatida sovg‘a qilgan.

Jigarrang va qaymoqrangda yaratilgan uyning tashqi ko‘rinishini osoyishta va hashamatli deb ta’riflash mumkin. Uyning diqqatga sazovor jihati sifatida qorong‘i pardalar va rasmlar, yorqin gilamlar, yostiqlar va boshqa narsalarni aytish mumkin. Undagi barcha xonalar bir xil uslubda bezatilgan. Bir vaqtlar uydagi stol rejissor Anurag Kashyapda boshqacha taassurot qoldirgan va u Bachchanlar saroyida “Bombey gapiradi va ko‘rsatadi” filmining bir nechta sahnalarini suratga olgan.

Foto: Zee

Foto: Zee

Jalsa — sayyohlar ko‘p tashrif buyuradiganlaridan joylardan biri, Mumbaydagi obyektlar begona ko‘zlardan himoyalangan. Bungalo daraxtlar bilan o‘ralgan va uning ba’zi qismlari qo‘shimcha ravishda sun’iy qalqonlar orqasida yashiringan. Bachchan hovlidagi maysazorda yolg‘iz vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi, bu unga dam olishga yordam beradi.

Bollivud yulduzi “Jalsa”dan tashqari yana to‘rtta uyga ega. Pratiksha — ularning oilasi yashagan uy hisoblanadi, Amitabhning ota-onasi aynan shu uyda yashagan va u xonalarga aktyorning ota-onasi vafot etgandan keyin shu kungacha hech kim ko‘chib o‘tmagan. Ayshvariya Ray yangi tug‘ilgan qizini ota-bobolariga hurmat bajo keltirish uchun aynan Pratiksha’ga olib kelgan. Shundan keyingina u chaqaloq bilan uyiga, Jalsaga borgan.

Bachchanlar oilasi 2004-yilda Janak nomli uyni sotib oldi, u hozirda Amitabh Bachchanning ofisi va sport zali sifatida xizmat qiladi. Ularga tegishli bo‘lgan Vatsa bungalosi bankdan qarzga olingan. Bir necha yil oldin Amitabh o‘z mulkini kengaytirish uchun Jalsa joylashgan yerdan uy sotib oldi. Jalsaga qaraganda oddiy va hozircha nomi noma’lum uy, Bachchanlarning ikki avlodiga alohida yashash imkoniyatini beradi, biroq mish-mishlarga ko‘ra Jaya va Ayshvariyaning munosabatlari unchalik yaxshi emas va ular alohida yashashni xohlashadi.

Foto: Zee

Foto: Zee

Aktyorning barcha muxlislari uning oilasi bilan Juhudagi ulkan uylaridan birida yashashini biladi. U Mumbaydagi tumanlarning birida joylashgan Parthenon osmono‘par binosining 31-qavatini sotib olgan. Uyning maydoni 1 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Biroq, ma’lum bo‘lishicha, Amitabh Bachchanning o‘zi u yerga ko‘chib o‘tmoqchi emas. “Ushbu mulk investitsiya maqsadida sotib olingan”, — deb aytgan aktyor o‘z intervyusida. Hozirda Bachchan va uning rafiqasi Juhudagi uyida yashamoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »