Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimi ishlariga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid ayrim xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Senat matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parlament yuqori palatasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, majburiy mehnat taqiqlangan va unga yo‘l qo‘yilmaydi.

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi milliy qonunchilik bilan tartibga solingan, ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etish, ishchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan o‘rganilishi, bartaraf etilishi hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi nazoratga olingan.

Aziz yurtdoshlar! Agar siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda joylashgan 300 dan ortiq korxona va tashkilotlardan iborat Cotton Campaign koalitsiyasi 2009-yilda o‘zbek paxtasini boykot qilish tashabbusi bilan chiqqandi. Koalitsiya o‘sha vaqtda O‘zbekiston hukumati “1 milliondan ortiq bolalar va kattalarni, jumladan, tibbiyot xodimlari, budjet xodimlari va talabalarni har yili terim mavsumida paxta terimiga majburlagani”ni aytgan edi.

Cotton Campaign hamkori bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumi 2021-yilda aholi paxta yig‘im-terimi davrida hukumat tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmagani haqida e’lon qilganidan so‘ng, boykot yakunlandi. 2022-yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »