Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxoroning Romitan va Shofirkon tumanlaridagi maktablarga, shuningdek, 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyurdi.

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Fond matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi xonim Romitan va Shofirkon tumanlaridagi maktablarda “Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena” loyihasining natijalari bilan tanishdi hamda o‘quvchilar bilan suvdan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiyenaning sog‘lom turmush uchun ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Bugungi kunda viloyatning 16 ta maktabida quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurilgan. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari o‘rnatilgan.

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Maktablar joylashgan hududlar aholisi ham toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Loyihaning navbatdagi bosqichi uchun Buxoro viloyatidagi yana 15 ta maktab tanlab olingan. Ushbu loyiha BMT Bolalar fondi (UNICEF), “O‘zsuvta’minot” AJ, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Buxorodagi 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatda esa Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Bolalar o‘z yutuqlari haqida so‘zlab berdi.

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Ularni ekologiya mavzusiga qiziqtirish uchun mehmonlar Zamin Eco education o‘quvchilari bilan birgalikda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi. Tadbir davomida “aqlli sug‘orish” tizimi namoyish etildi.

Foto: “Zamin” fondi

Foto: “Zamin” fondi

Havo harorati va namlik darajasini o‘lchaydigan datchiklar tufayli sug‘orish uchun kerakli suv hajmi hisoblab chiqiladi. Ushbu tizim bilan tanishuv orqali maktab o‘quvchilariga suvni tejash naqadar muhimligi tushuntirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »