Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi katta vitse-prezidenti Keichiro Nakazava bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Qayd etilishicha, tomonlar Orol dengizining qurigan tubi hududida tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy stansiya yaratish, Orolbo‘yi hududini iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Yaponiyaning kichik innovatsion texnologiyalarini jalb qilishda hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi faoliyatini takomillashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilgan moliyaviy va infratuzilmaviy o‘zgarishlar, Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya olimlari hamkorligida bajarilayotgan qo‘shma tadqiqotlar qayd etildi.

Startaplarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shma akselerator dasturini tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »