Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tailandning shimoli-sharqidagi “Uthai Savan” bolalar bog‘chasida 2-5 yoshgacha bo‘lgan 24 nafar tarbiyalanuvchiga sobiq politsiya xodimi ayovsiz hujum qilgan.

Pichoq va miltiq bilan qurollangan sobiq politsiyachi bog‘chaga bostirib kirgan, navbatchi xodim uni to‘xtatishga ulgurmagan. Sobiq serjant bolalar uxlayotgan xona eshigiga o‘q uzgan va ulardan 22 nafarini pichoqlab, o‘ldirgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Halok bo‘lganlar orasida egizak o‘g‘il bolalar — Vorapat va Virapol Nuadxao ham bor, ular to‘rt yoshga to‘lishlariga bir oy qolgan edi.

“Bolalar bog‘chasi yaqin atrofdagi qishloqlardagi oilalar uchun ishonchli joy bo‘lib, har kuni 90 ga yaqin bola qatnaydi”, — deydi qo‘shni ofisda ishlaydigan rasmiy munitsipal Jidapa Bunsom.
Ota-onalar bolalarni ertalab soat 08:00 da o‘qish, rasm chizish va o‘yin vaqti kabi o‘quv mashg‘ulotlar olib boriladigan bog‘chaga eltib qo‘yishadi. Tushlikdan so‘ng bolalar uxlashadi, so‘ng tarbiyalanuvchilar yuvintiriladi va 14:30 dan keyin olib ketishga tayyor bo‘lishardi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hujum bo‘lgan kuni kuchli yomg‘ir yog‘gan, shuning uchun bog‘chada bolalar odatdagidan ko‘ra kamroq edi. O‘sha kuni kelganlardan faqat ikkitasi tirik qolgan.

Mahalliy televideniyening xabar berishicha, tirik qolganlardan biri Honey ismli qiz xonaning eng chekkasida adyol bilan o‘ralgan holda uxlab yotgan.

Sobiq politsiyachi — 34 yoshli Panya Khamrap Janubi-Sharqiy Osiyoni larzaga keltirgan qirg‘inda o‘zini o‘ldirishdan oldin uyida xotini va bolasi bilan birga jami 37 kishini o‘ldirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »