Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 19-oktabr kuni prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 million so‘mdan 120 million so‘mgacha) jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kiritildi.

Ushbu huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka ma’muriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (6 million so‘mdan 9 million so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida so‘nggi paytlarda elektron to‘lov vositalari yoki masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanib, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik jinoyatlari ko‘p sodir etilayotgani qayd etilgandi. 2022-yilning 7 oyi davomida bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan jami 1 812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugungi kunda ushbu huquqbuzarlik Jinoyat kodeksining firibgarlik, o‘g‘rilik deb nomlangan 168, 169-moddalari bilan tasniflanayotgani, biroq ushbu moddalarda belgilangan jazo aybdorlarning chin dildan pushaymon bo‘lib, bu yo‘ldan qaytishi, axloqan tuzalish yo‘liga kirishi uchun yetarli emasligi, sodda qilib aytganda jazo yengillik qilayotgani ta’kidlab o‘tilgandi.

Shu sababli bunday turdagi jinoyatlar uchun jazo og‘irlashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »