Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Kutaman” qo‘shig‘i bilan xalq mehrini qozongan ijodkor O‘lmas Ollaberganov ayni kunlarda AQSHda istiqomat qilmoqda. Xonanda “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova bilan suhbatda xorijga ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

— AQSHga ketish niyatimiz avvaldan rejamizda bor edi. Chunki bundan avval ham yetti marta bu yerda kelib, bir muddat yashaganman. Hamma bilganidek AQSH imkoniyatlar, yangiliklar mamlakati. Kenja o‘g‘lim Usmonjon AQSHda o‘qish uchun uzoq vaqt tayyorlandi. U O‘zbekistonda ingliz tiliga ixtisoslashgan maktabda o‘qib, Amerikadagi universitetga hujjat topshirdi. Intilgan inson albatta, murodiga yetadi. U Virjeniya shtatidagi universitetga qabul qilinganidan so‘ng, uni yolg‘izlatib qo‘ymaslik uchun AQSHga keldim. Har bir ota-ona farzandini nufuzli universitetlarda o‘qitishni orzu qiladi. Bundan orzu menda ham bo‘lgan, shuning uchun bu yerga kelib yashashga ikkilanmadim, — deydi xonanda O‘lmas Ollaberganov.

Ayrimlarning fikricha, AQSHga ketishingizning asosiy sababi O‘zbekistonda ijod qilolmaganingiz bilan bog‘liq ekan. Bu fikrlar qanchalik asosli?

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

— Ijodkorlarning hayotini kuzatsangiz, ularning ko‘pchiligi bir yerda muqim yashamagan. Ijodiy ilhomlanishi uchun sayohat qilib, turar joylarini o‘zgartirib turishgan. Ijodimda ham qandaydir turg‘unlik holati bo‘ldi. AQSHga kelish ijodimga ham ijobiy ta’sir etadi, deb hisobladim. Chunki Vatanda uzoqda yashash ijodkorga o‘zgacha ilhom beradi. AQSHda yolg‘izlanib qolayotganim yo‘q, chunki bu yerda o‘zbek oilalari juda ko‘p. Ular o‘zbekona to‘y qilishadi va unga taklif etishadi. AQSHga kelishimning yana bir sabablaridan biri bu yerdagi millatdoshlarimizga o‘zbek musiqa va qo‘shiqlarini eslatib turish niyatim ham bor, — deydi O‘lmas Ollaberganov.

Suhbat davomida u ayrim ota-onalar farzandini xorijda o‘qitishdan qo‘rqishi haqidagi fikrga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

— Oilasida mustahkam tarbiya olgan bola hech bir mamlakatga borib, axloqiy jihatdan o‘zagrib qolmaydi. AQSHda insonlarga bolaligidan katta erkinlik beriladi. Ya’ni ularda qilib bo‘lmaydi, mumkin emas degan tushunchalar umuman yo‘q. Agar farzand bolalikdan shu yerda ulg‘aysa, axloqida qandaydir o‘zgarishlar  bo‘lishi mumkin. Ammo O‘zbekistonda tug‘ilib, tarbiya olgan farzand bu yerga kelib birdan o‘zgarib qolmaydi. Intilishi bor bolani qo‘llab-quvvatlash kerak, — deydi xonanda.

Xonanda okean orti mamlakatida unga nimalar yoqqani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

Foto: Instagram / @olmas.olloberganov

— Eng muhimi bu yerda qonunlar ishlaydi. Har bir fuqaro kim bo‘lishidan qat’iy nazar qonun oldida teng huquq va burchlarga ega. Bundan tashqari, bu yerda millatchilik tushunchasi yo‘q ekanligiga va u qattiq qoralanishiga ham qoyil qoldim. Odamlar xuddi bir-birini taniydigandek, samimiy munosabatda bo‘lishadi, — deydi xonanda O‘lmas Ollaberganov.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »