Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ba’zi bir ommaviy-axborot vositalarida tarqatilayotgan, go‘yoki O‘zbekiston Ukrainadagi harbiy harakatlarda qo‘llanilayotgan Eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarining (jangovar dronlar) ishlab chiqarish (yig‘ish) maydoni ekani to‘g‘risidagi xabarlarni qat’iy inkor etdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqarmagani va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotgani ma’lum qilingan.

Shu munosabat bilan Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik e’tiborini yolg‘on ma’lumotlar bilan chalg‘itishi hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi, — deyiladi munosabatda.

Ma’lumot uchun, ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon isroillik milliarder Leonid Nevzlin bilan uyushtirgan intervyusida Rossiya tomonidan Ukraina bilan urushda qo‘llanilayotgan uchuvchisiz dronlar Eron, Iroq va O‘zbekistonda yig‘ilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Deputat Alisher Qodirov Gordonning bu gaplariga munosabat bildirar ekan, bu ma'lumotlar asossiz ekani va buni e’tiborsiz qoldirmaslik kerakligini bildirgan.

Bu asossiz va mas’uliyatsiz e’lonni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. O‘zbekiston rus agressiyasini hech qanday shaklda qo‘llab-quvvatlamasligini, muzokaralar va hududiy yaxlitlikni qo‘llab-quvvatlaydigan betaraf pozitsiyasini fuqarolarimiz ham butun dunyo ham juda yaxshi tushunib bo‘ldi. Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi va Gordonni uzr so‘rashga majbur qilishi kerak, – deb yozgan Alisher Qodirov.

Izoh

shahzodshodmon

27.10.2022, 18:18

asiatimes.com saytida Eron dronlari Tojikistonda ishlab chiqarilishi haqida xabar qo'yildi-ku. O'sha journalist chalkashib ketgan...

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »