Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatining Andijon tumanida noqonuniy mayning ferma borligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruvda “I.P.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar MCHJga qarashli “Qurama” MFY hududida joylashgan chorva fermasi va ishlab chiqarish binosida qonunga zid ravishda, o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga 845 dona “Bitmain” mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgani aniqlangan.

Ular  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 40,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »