Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning 10 ta markaziy ko‘chasida pulli avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihani e’lon qildi.

Foto: Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Foto: Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq, 2022-yilda 10 ta markaziy ko‘chalarda, ya’ni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish belgilangan.

Foto: Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Foto: Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
  1. Glinka ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta.
  2. Bratislava ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta.
  3. Mirobod ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta.
  4. Avliyo ota ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta.
  5. Taras Shevchenko ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
  6. Said Baraka ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.
  7. Moshtabib ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta.
  8. Fidokor ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta.
  9. Sodiq Azimov ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta.
  10. Yakub Kolas ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

Foto: Toshkent shahrida yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihasi

Foto: Toshkent shahrida yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihasi

Qayd etilishicha, mazkur loyihani amalga oshirish bilan birga, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yo‘l bo‘yi avtoturargohlardan foydalanishda ushbu ko‘chalardagi avtomobil to‘xtash joylaridan kelib chiqqan holda 5 foizi aynan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratiladi va ularning joylaridan boshqa foydalanuvchilar foydalanishi taqiqlanadi. Ushbu loyiha asosan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yo‘l bo‘yi avtoturargohlardan foydalanish bepul etib belgilash rejalashtirilgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, yirik shaharlar ko‘chalarida avtomobillarning yo‘l bo‘yi pullik to‘xtash joylari tashkil etilishi natijasida tirbandliklarning 10 foizga kamaytirilishiga va buning natijasida mamlakat ichki yalpi mahsulotini 2 foizga oshishiga erishish mumkin bo‘ladi.

Shaharning markaziy qismidagi ko‘chalarda pullik to‘xtash joylarini joriy etishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

1. To‘xtash joylarini topishning osonligi:

  •  pullik to‘xtash joylari xududlarida bo‘sh joylarning mavjudligi;
  • avtomobil to‘xtash joylari mavjud bo‘lgan ko‘chalarida avtortansport vositasining aylanma harakatini jadallashtirishga.
2. Avtomobilda shahar markazida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga borish vaqtining kamayishi. Bunda pullik to‘xtash joylari xududlarida bo‘sh joylarning mavjudligi joy axtarish uchun harakat tezligini kamaytirishga hojat qoldirmaydi, shuningdek to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklari kamligi sababli harakat tezligi oshadi.

3. Jamoat transportidan foydalanish jozibadorligining oshishi. Qo‘shimcha yo‘nalishlar ochilishi va harakat intervali qisqarishi jamoat transportidan foydalanish qulayligini oshiradi.

4. Piyodalar uchun qulayliklar yaratilishi. Piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan xududlarni avtomobillardan himoyalanganligi piyodalar havfsizligini oshirib, qulay harakatlanish muhitini yaratadi.

Pulli avtomobil to‘xtash joylari chizmalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »