Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Behzod Normatov O‘zbekistondagi energotaqchillik mavjud gazni chetga eksport qilish ortidan yuz berayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. U, shuningdek, mamlakat qancha gaz sotayotgani va qanchasini import qilayotgani xususida ham ma’lumot berdi.

Agar oldingi raqamlar bilan bu yilgi raqamlarni taqqoslasangiz, kamida uch barobar oz gaz eksport qildik. Chunki O‘zbekistonda elektr stansiyalar ko‘p qurildi, iqtisodiyotimiz rivojlanyapti, ko‘p gaz iste’mol qiladigan korxonalar paydo bo‘lyapti, aholi soni o‘syapti.

Kunlar sovib ketishi bilan barcha davlatlarga, shu jumladan, Xitoyga qilinayotgan gaz eksporti ham 100 foizga to‘xtatilgan va aholi iste’moliga yo‘naltirilgan. Importga keladigan bo‘lsak, qish faslida qo‘shni mamlakatlardan gaz sotib olyapmiz. Bu yil xarid qilingan gaz miqdori o‘tgan yilgi bilan bir xil ko‘rsatkichga ega, — deydi Normatov.

“O‘ztransgaz” rahbari quyidagi savollarga ham javob qaytardi.

Aholiga yetkazib berilayotgan gaz ko‘rsatkichi pasaymagan bo‘lsa, nega bu yil viloyatlar markazlari, hattoki poytaxtda ham gaz yetishmovchiligi kuzatilyapti?

— Gaz iste’moli hajmi butun respublika bo‘yicha oshgan. Ammo resurslar oshmagan. Yangi ishlab chiqarish korxonalari, yangi xonadonlar paydo bo‘lyapti, ammo resurslarimiz o‘sha-o‘sha.

Gaz eksporti qachongacha to‘xtatilgan?

— Vaziyat barqarorlashguncha. Kerak bo‘lsa, qish tugaguncha.

O‘zbekistonning chet elga gaz sotish bo‘yicha qandaydir majburiyatlari bormi?

— O‘zbekistonga investitsiya kiritgan chet el korxonalari bor. Ushbu loyihalar bo‘yicha ma’lum majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olgan. Bu majburiyatlarni bajarish uchun qazib olinayotgan gazning bir qismini eksport qilamiz. Ilgari ular qazib olayotgan gaz 100 foiz eksport qilingan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich yil davomida 15—20 foizdan oshmaydi.

Qachon eksport qilamiz?

— Asosan, bahorda, yozda va kuzning boshlarida. Gaz va elektr ko‘p iste’mol qilinmaydigan balans paytida shu majburiyatlar bajariladi.

Gaz muammolarini bartaraf qilish uchun qanday ishlar qilinyapti?

— Aytib o‘tganimdek, birinchi navbatda, eksportni to‘xtatdik. Import hajmlarini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Katta hajmda gaz iste’mol qiladigan katta korxonalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatyapmiz. Masalan, sement zavodlari, Maksam-Chirchiq, Farg‘ona azot, Navoiy azot korxonalari faoliyati to‘xtatildi. Bundan bo‘shagan barcha resurslar aholi iste’moliga yo‘naltirilmoqda.

Nima uchun aynan bu korxonalar tanlandi?

— Chunki, birinchidan, ular ko‘p gaz iste’mol qiladi, ikkinchidan ular ishlab chiqaradigan mahsulotni import qilsa bo‘ladi. Yana bir chora — metan gaz zapravkalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar. O‘ylaymanki, aholimiz bu vaqtinchalik cheklovlarni to‘g‘ri tushunadi. Bu orqali biz o‘sha zapravka atrofidagi aholi punktlarini gaz bilan ta’minlashga harakat qilyapmiz. Havo harorati yaxshilangani sari bu cheklovlar asta-sekin bartaraf etiladi va zapravkalar faoliyati to‘liq tiklanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »