Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” internet nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 12-soni mavzusi “Jamoat transporti muammolari” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida iqtisodchi Otabek Bakirov taklif etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Prezidentning tanqidigacha 900 ta avtobus bo‘lgan bo‘lsa, hozir 1050–1100 taga yetdi, shu bilan bahorda yana mingta qo‘shiladi, ikki mingta avtobus bilan hammasi joyiga tushib ketadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Jamoat transportining sifatini yaxshilash va kompleksli ta’minlash uchun hal qilish kerak bo‘lgan tarkibiy masalalar ham bor. Bulardan biri — shaharga kirishdagi bog‘lanmalar masalasi. Shaharga tashqaridan kuniga 150 mingta mashina kiradi.

Prezidentning ikkita qarori chiqdi: birinchisida 12 ta bog‘lanma yaratish, ikkinchisida 16 ta bog‘lanma yaratish aytilgan edi. Qarorlardan birortasi hali yechilmadi. Shahar ekotizimini bir qarang, Yangiyo‘l, Zangiota, Chinozdan, Chirchiq, Bo‘stonliqdan, Ohangaron tomonlardan juda katta miqdorda mashina kirib keladi. Agar to‘rt yo‘nalishda bog‘lanmalar yaratilsa hamda shahar tashqarisida yashovchilar o‘z transportini bog‘lanmada qoldirib, Toshkentga jamoat transportida keladigan bo‘lsa, shahar yanada yengillashadi.
Yana bir masala — piyoda yurish infratuzilmasi. Masalan, Mustaqillik yo‘li, Sharof Rashidov ko‘chalaridan yurib maza qilasan odam. Ko‘cha ham, trotuar ham — odamlar uchun. Odam nega taksiga o‘tiradi? Eshigining tagigacha yetib borishga harakat qiladi, chunki yo‘l infratuzilmasi yomon. Birozgina, 500–800 metr yurishdan o‘zini cheklaydi.

Bunyodkor ko‘chasini qarang, yerosti tunnelidan chiqib Chilonzor tomon yursangiz, yo‘lning piyodalar uchun ajratilgan qismi mashinalar yoki biznes egalari tomonidan to‘liq egallab olingan. Bundan 15 yilcha avval tunneldan “Sobir Rahimov” (hozirgi “Olmazor”) metro stansiyasigacha daraxtlar orasidan piyoda, erkin yurib borishingiz mumkin edi. Jamoat transporti — faqat avtobus emas, tanlovlar borligi, piyoda yurish infratuzilmasining mavjudligi ham.

Ko‘pchilikda shunday fikr shakllanib qolgan: yo‘llar — avtomobillar uchun. Aslida, shahar ichida ko‘cha, shahar tashqarisida esa yo‘l degan tushuncha bor. Ko‘chaning egasi esa, birinchi navbatda, odamlar. Rivojlangan mamlakatlarda ko‘chaning piyodalar yuradigan qismi avtomobillar yuradigan qismdan kengroq. Bunday yo‘llar bizda ham yo‘q emas, masalan, “Beruniy” metrosidan talabalar shaharchasiga qarab yurishda ertalab va kechqurun gurros kelayotgan odamlarni ko‘rasiz. Haqiqiy sog‘lom shaharda odamlar ko‘chada yurishi, jamoat transportidan foydalanishi kerak, — deydi Otabek Bakirov.

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »