Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Boat International nashri 2022-yildagi eng yirik superyaxtalar haqida ma’lumot berdi. Joriy yilda 350 ta yangi yaxta ishga tushirilgan, Lurssen kompaniyasining 158 metrlik Blue superyaxtasi ularning eng yirigi hisoblanadi.

Blue

Foto: Tom Van Oossanen

Foto: Tom Van Oossanen

Quruvchi: Germaniyaning Lurssen kompaniyasiUzunligi: 158 metr

Blue hozirda dunyodagi beshinchi eng katta yaxta hisoblanadi. Terence Disdale dizayn studiyasi yaxtaning ichki va tashqi ko‘rinishini, jumladan, kemaning ikkala uchidagi vertolyot maydonchalarini, plyaj klubiga ulangan suzish platformasini va qo‘shimcha 80 ekipaj a’zosi uchun 48 ta xonani ishlab chiqqan. Blue, shuningdek, dizel-elektr gibrid dvigateli bilan jihozlangan eng yirik yaxtalardan biri bo‘lib, suvlarni tozalashning innovatsion tizimiga ega.

Mazkur yaxtaning egasi Shayx Mansur bin Zayid al-Nahayon hisoblanadi. Uning akasi Shayx Abdulla 146 metrlik Opera yaxtasiga egalik qiladi.

Opera

Foto: Boat International

Foto: Boat International

Quruvchi: LurssenUzunligi: 146,4 metr

Tafsilotlar kam bo‘lishiga qaramay, Opera 2018-yilda Lurssen’ning kemasozlikda sodir bo‘lgan yong‘inda vayron bo’lgan 145 metrlik Project Sassi yaxtasining rekonstruksiyasi ekaniga ishoniladi. Yaxtaning korpusi qayta tiklangan, ustki alyuminiy tuzilmasi esa olib tashlangan. Yaxta 2022-yilning sentabrida suvga tushirilgan va shundan beri Shimoliy dengizda sinovdan o‘tkazilmoqda. U BAA asoschisi Shayx Zayid ibn Sulton al-Nahayonning o‘g‘li Abdulla ibn Zayid al-Nahayonga qarashli ekani aytilmoqda.

Terence Disdale tashqi va ichki dizayn uchun mas’ul bo‘lgan, yaxta palubasida vertolyot maydonchalari, shuningdek, ikkita basseyn joylashgan. Ayni paytda yaxta Lurssen qurgan 100 metrdan ortiq sakkizta kemadan biri hisoblanadi.

Koru

Foto: Boat International

Foto: Boat International

Quruvchi: OceancoUzunligi: 127 metr

Koru — Amazon asoschisi va dunyodagi eng boy odamlardan biri Jeff Bezos uchun buyurtma asosida qurilgan hashamatli superyaxta. Kema Niderlandiyada Oceanco tomonidan 2021-yilda qurilgan. Uning uzunligi 127 metr bo‘lib, qiymati 500 million dollarga baholangan. Uning dizayn jamoasi va bortdagi qulayliklarni haqida ma’lumotlar juda kam.

Feadship 1010

Foto: Dutch Yachting

Foto: Dutch Yachting
Quruvchi: FeadshipUzunligi: 118,8 metr

Feadship 1010 shu nomdagi kompaniyaning 2022-yil avgust oyida taqdim etilgan eng uzun sotuvga chiqarilgan yaxtasi bo‘ldi. U 2018-yilda yetkazib berilgan 110 metrli Anna o‘rnini egalladi. 2022-yil boshida dengiz sinovida bo‘lgan yaxtaning asosiy palubasida suzish havzasi, yuqori palubasida esa katta vertolyot maydonchasi mavjud. Feadship 1010 tez orada yetkazib berilishi kutilmoqda. U amerikalik milliarder Tilmen Fertittaga qarashli.

Abeking 6507

Foto: Superyachtfan.com

Foto: Superyachtfan.com

Quruvchi: Abeking & RasmussenUzunligi: 118,2 metr

Qora korpusli yaxtaning ichki va tashqi ko‘rinishi fransuz arxitektori Jozef Diran tomonidan amalga oshirilgan. Suzish havzasi, vertolyot maydonchasi va Neptun suvosti saloniga ega. U rasman nemis kemasozlik zavodi tomonidan qurilgan eng katta motorli yaxta hisoblandi. 250 million dollarlik yaxta dubaylik millarderga tegishli, biroq uning nomi ochiqlanmagan.

Oceanco Y720

Foto: Guy Fleury

Foto: Guy Fleury
Quruvchi: OceancoUzunligi: 109 metr

Yaxta dizayni Gollandiyaning Sinot Yacht Architecture and Design studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Oceanco Y720 tez orada yetkazib berilishi kutilmoqda, u ilg‘or harakatlantiruvchi tizimlar bilan jihozlangan. Oxirgi marta avgust oyida Shimoliy dengizda sinovdan o‘tkazilgan. Amerikalik kinorejissor, prodyuser Stiven Spilberg unga egalik qiladi, yaxtaning narxi 250 million dollarga baholangan.

Project Icecap

Foto: DR Cuu

Foto: DR Cuu
Quruvchi: LurssenUzunligi: 107 metr

Yaxta arxitekturasi Lurssen loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan, tashqi ko‘rinishi Salt Ship Design tomonidan yaratilgan. Kema yig‘iladigan plyaj klubiga ega, u bortida 20 tagacha mehmonni sig‘dira oladi. Kanadalik milliarder Jon Karter Risli 350 million dollarlik mazkur yaxtaning egasi hisoblanadi.

Project X

Foto: Boat International

Foto: Boat International

Quruvchi: Golden YachtsUzunligi: 88 metr

2022-yilning avgust oyida taqdim etilgan Project X ning tashqi ko‘rinishi britaniyalik taniqli dizayner Ken Freyvoch tomonidan Triple X ishlangan. Yaxta shisha lift, suzish havzasi, shaxsiy ofis va majlis xonasini o‘z ichiga oladi. Yaxta bortida 14 nafargacha mehmonni sig‘dira oladi. Isroillik tadbirkor, energetika sanoati, ko‘chmas mulk va olmos qazib olishda faoliyat yurituvchi Beni Shteynmes yaxta egasi hisoblanadi.

Wanderlust

Foto: Bort International

Foto: Bort International

Quruvchi: SilverYachtsUzunligi: 85,3 metr

Project Globalfast nomi ostida qurilgan yaxta maksimal tezlikka erisha oladi. U yonilg'isiz ham dengizda uzoqroq turishi mumkin. Bortning boshqa xususiyatlariga 16 nafar mehmon va 23 ekipaj uchun turar joy, sport zali, vertolyot maydoni kiradi. Wanderlust yaxtasini hozirda haftasiga 896 ming yevrodan ijaraga olish mumkin.

Leona

Foto: Bort International

Foto: Bort International

Quruvchi: BilginUzunligi: 80 metr

Qizil korpusli Turkiyaning Bilgin kompaniyasi tomonidan qurilgan yaxta dizayni Unique Yacht Design va Britaniyaning H2 Yacht Design studiyasi tomonidan ishlangan. U yunon haykallari bilan bezatilgan plyaj klubi, tungi osmon taassurotini berish uchun yuqori optik tolali chiroqlarga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »