Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turk seriallarini ko‘plab tomoshabinlar yaxshi ko‘radi. Loyihalarda ishtirok etgan aktrisalar chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘ladi: siz bir necha soat davomida hashamatli liboslar va zargarlik buyumlariga qarashni istaysiz. Aktrisalar qizil yo‘lak uchun ham mukammal obrazni tanlashga harakat qiladi. Wday nashri mashhur turk aktrisalari kundalik hayotda qanday kiyinishi haqida ma’lumot berdi.

Meryem Uzerli

Aktrisa “Muhtasham yuz yil” serialida saroyga kelgan kanizak Roksolana rolini ijro etdi, u keyinchalik Sulton Sulaymonning rafiqasiga aylandi. Meryem tez-tez tashrif buyurmaydigan qizil yo‘lakda ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ladi. Aktrisaning bu obrazlari Xurram Sultonnikidan qolishmaydi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Meryem sahna ortida qulaylikni afzal ko‘rgan mehribon ona. U kundalik hayotida yassi poyabzal, jinsi shimlar va qulay bluzka yoki sviter kiyishni ma’qul ko‘radi. Shuningdek, bu kiyimlarni oilaviy sayrlarda ham kiysa bo‘ladi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Xande Erchel

“Eshigimni qoq” seriali yulduzi Xande Erchel kundalik hayotda palazzo va klyosh shimlarni kiyishni yaxshi ko‘radi. U shuningdek, erkin uslublar va massiv poyabzallarni tanlaydi. Aktrisaning har bir obrazida kiyimni yanada qulayroq qiladigan detal mavjud — masalan, u keng pidjaklarni kiyadi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Xande kiyinish uslubida oq va qora rangdagi kiyim va aksessuarlardan foydalanishni ma’qul ko‘radi. U bunday obrazlarida urg‘uni taqinchoqlarga beradi. Aktrisa tabiiy makiyaj va uzun yoyilgan sochlarni afzal ko‘radi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Neslihan Atagul

Aktrisa “Sevgi iztirobi” serialidagi hashamatda yashashga o‘rganib qolgan biznesmenning qizi rolini o‘ynaydi. Uning serialdagi qahramoni ajoyib liboslar, qimmatbaho taqinchoqlar va poyabzallardan foydalanadi, aktrisa esa o‘zi yaratgan obrazga umuman o‘xshamaydi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Aktrisa kundalik hayotda katta sviterlar, jinsi shimlar va leggingslar, tekis poyabzal kiyishni ma’qul ko‘radi. Neslihan Atagulning garderobi qaymoqrang kulrang sport kiyimlaridan iborat.

Foto: Wday

Foto: Wday

Demet O‘zdemir

Aktrisa Demet O‘zdemir “Erta kelgan qush” va “Qulupnay hidi” serialidagi rollari bilan tanilgan. Uning garderobida har qanday didga mos: bando, halter, yengli va yengsiz ustki kiyimlar mavjud. Demet kundalik hayotda mini yubkalar va ko‘ylaklarni yaxshi ko‘radi, bu ajablanarli emas — ushbu kiyimlar uning qomatini mukammal ko‘rsatadi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Aktrisa stilettolarni faqat ijtimoiy tadbirlar uchun kiyadi. U kundalik hayotda katta platformali krossovkalar va  Chelsi etiklarini afzal ko‘radi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Hazal Feliz Kuchukkose

Turkiyalik aktrisa Hazal Feliz “Sevgi iztirobi” serialidagi Zeynep roli bilan tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Aktrisa hayotda turk moda olamining taniqli vakili hisoblanadi. Hazal eksperimentlardan qo‘rqmaydi — u turli xil ranglarni mohirlik bilan tanlaydi va liboslarni bir-biri bilan uyg‘unlashtiradi. Aktrisa o‘zining obraziga zamonaviy detallarni qo‘shadi va turli xil uslubdagi narsalarni birlashtiradi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Melisa Pamuk 

Foto: Wday

Foto: Wday

Fahriye Evjen

Foto: Wday

Foto: Wday

Nur Fettaho‘g‘lu

Foto: Wday

Foto: Wday

Mavzuga doir:

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »