Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilda qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun budjetdan qariyb 28 milliard so‘m, tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun 50 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi mas’ul xodimi Jamshid Ishchanov ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, 1-yanvardan kuchga kirgan kirgan qonunga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olingan daromadlar hisobot davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar uchun 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz miqdorida etib belgilandi.

2023—2025-yillar uchun tasdiqlangan manzilli dasturlarga asosan 29 ta qattiq maishiy chiqindi poligonini rekultivatsiya qilish, 437 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish, 26 ta qurilish chiqindi poligonini tashkil etish, ijtimoiy soha obyektlariga 18 867 ta chiqindi konteyneri xarid qilish, 38 ta qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasini tashkil etish, 60 ta tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkasini tashkil etish hamda saralash uskunalarini o‘rnatish uchun jami 1,1 trillion so‘m mablag‘larni moliyalashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, 2023-yilda ushbu dastur ijrosi uchun jami 170 milliard so‘m, shu jumladan qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun 27,8 milliard so‘m va qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish uchun 92,2 milliard so‘m hamda tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun 50 milliard so‘m mablag‘lar moliyalashtirilishi belgilandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ekologik talablarga javob bermaydigan 29 ta chiqindi poligonlari yopiladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »