Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda xavfli meteorologik hodisalar yuz berganda ko‘riladigan choralar bo‘yicha aniq normativ-me’yoriy hujjatlar mavjud emas. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Daryo” nashriga bergan intervyusida aytdi.

Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, mamlakatda ob-havo hodisalaridagi xavf ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq standartlar ishlab chiqilishi zarur.

“Maktabda darslarni boshlash masalasi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Avvaliga 18-yanvardan o‘qish boshlanadi, deb qaror chiqarildi. Keyin sana yana o‘zgartirildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu masalani hal qilishni hokimliklarga topshirdi.

O‘zbekistonda xavfli meteorologik hodisalar, ya’ni qor, bo‘ron deymizmi, anomal sovuq yoki issiqmi, davomli changli bo‘ronlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha aniq normativ-me’yoriy hujjatlarimiz yo‘q. Bu yuqoridagi nuqtada yaqqol ko‘rindi. Aniq bir hujjat yoki tartib mavjud emas. Kim nima va qanaqa ish qilishi tizimli emas. Albatta, hujjatlar ishlab chiqilishi kerak. O‘shandagina shunday hodisalar kamroq bo‘ladi.

Bizda nafaqat anomal sovuq, balki anomal issiq uchun ham normativ-me’yoriy hujjatlar yo‘q. Yozda havo harorati 41 daraja issiq bo‘lganda xodimlarga kompensatsiya to‘lash, ularning ish vaqtini boshqa vaqtlarga ko‘chirish masalalarini doimiy ko‘taramiz. Bu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi kerak. Har bir tarmoqning o‘z institutlari bor. Ular ob-havo hodisalaridagi xavf ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq standartlar ishlab chiqishi lozim. Buni hukumat qarorlari sifatida tasdiqlash kerak”, — dedi mutaxassis.

Avvalroq Erkin Abdulahatov O‘zbekistonda oxirgi 20 yillikdagi eng sovuq havo harorati kuzatilayotganini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »