Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Farg‘ona viloyatidagi noqonuniy mayning fermalar aniqlandi.

Departamentning O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan viloyat ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.a.” MCHJ rahbari M.A. korxonaning Uchko‘prik tumanidagi yordamchi xo‘jaligida go‘yoki kompyuter texnikalarini ta’mirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona “Antminer” mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 794,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Shu kabi departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. O‘rikzor ko‘chasidagi uyida go‘yoki muzlatkichlarni ta’mirlash sexi tashkil etib, amalda 6 dona “Antminer” mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 126,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 283,8 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »