Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidentining Singapurga rasmiy tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston—Singapur biznes-forumida Singapurning PSA International kompaniyasi bosh direktori Van Chi Fo intervyu berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyani O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishini eshitgan odamlar undan hayratlanib, “u yerda okean yo‘q, dengiz yo‘q, portlar yo‘q, nega hamkorlik qilmoqchisizlar?”, deb so‘rashgan.

“Biz O‘zbekiston bilan port masalasida emas, raqamli platforma va logistika sohasi bo‘yicha ishlamoqchimiz. Hozirgina janob Qudratov O‘zbekiston iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y berayotganini aytdi.

Menimcha, bu yerda multimodal transportga chambarchas bog‘langan va eng muhimi, sanoat bilan integratsiyalashgan ta’minot zanjirlariga ehtiyoj yuqori. PSA esa bu borada yordam beradi. Bu yerda PSA global aloqa tarmog‘ini ulash orqali qiymat qo‘shishimiz mumkin.

2022-yilda PSA VDP International deb nomlangan uchta PLga ega global logistika kompaniyasini sotib oldi va u bugungi kunda u global yuk tashish tarmog‘i va ta’minot zanjiri yechimlari imkoniyatiga egaligi bilan tanilgan. PSA nafaqat ulanishni ta’minlay oladi, balki O‘zbekiston va uning iqtisodiyotiga zarur bo‘lgan samaradorlikni ta’minlashni tartibga solish qobiliyatiga ega”, — dedi Van Chi Fo.

Qayd etish lozimki, Singapurning PSA International kompaniyasi dunyodagi eng yirik logistika kompaniyasi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »