Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakatning NATOga a’zolik arizasi Shvetsiyaning arizasidan alohida ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi. Avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Stokgolmda bo‘lib o‘tgan islom diniga qarshi namoyishdan so‘ng Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi.

Haavistoning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiyaning bir vaqtda alyansga kirishi bu ikki davlat xavfsizligi uchun hali ham ustuvor masala. “Agar Shvetsiyaning arizasi uzoqroq muddatga kechiktirilsa, Finlyandiya Shvetsiya bilan bir vaqtda NATOga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishga majbur boʻlishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi vazir Yle nashriga bergan intervyusida.

Ilgari Haavisto harbiy nuqtayi nazardan Finlyandiya va Shvetsiyaning bir vaqtda NATOga a’zo bo‘lishi muhimligini, shu sabab o‘z mamlakati alyansga qo‘shilish jarayonini qo‘shnisi bilan birga yakunlamoqchiligini ta’kidlagan edi.

2022-yilning may oyida Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirgan edi. Bungacha har ikki davlat harbiy betaraflik siyosatiga amal qilgan. Alyansga qo‘shilish uchun ariza berish to‘g‘risidagi qaror Rossiyaning Ukrainadagi bosqini fonida qabul qilingan.

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun alyansning barcha a’zolari ularning arizalarini qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Ittifoqning 30 a’zosidan faqat Vengriya va Turkiya arizalarni ratifikatsiya qilmagan. Anqara ayni paytda ikki davlatga o‘z hududidagi kurd guruhlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish talabini ilgari surdi. Turkiya rasmiylari, shuningdek, Shvetsiyadan “terrorchilikda gumonlanuvchilarni” Anqaraga ekstraditsiya qilishni talab qildi. Keyinchalik Turkiya Shvetsiya va Finlyandiya hali bu talablarni bajarmaganini bir necha bor ta’kidladi.

Turkiya va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlar yanvar oyida Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi oldida ultra o‘ngchi siyosatchi tomonidan Qur’on kitobining yoqib yuborilishi tufayli keskinlashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »