Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 31 ta Abrams tanki yetkazilishini ma‘lum qildi. Bu haqda NBC news xabar berdi.

Foto: Getty Images

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berish ko‘p vaqt talab etadi, biroq AQSH tez orada ukrainalik harbiylarni o‘qitishni boshlaydi.

“Ushbu tanklarni jang maydoniga yetkazish vaqt talab qiladi. Biz bu vaqtdan ukrainaliklar Abrams tankini mudofaasiga qo‘shishga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun o‘qitishda foydalanamiz”, — dedi u.

AQSH prezidenti Germaniyaga Leopard tanklarini Kiyevga berishga rozi bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirdi. U bu yana bir bor Ukraina ittifoqchilarining birligini va Rossiyaning ularni bo‘lib tashlashga urinishlari behuda ekanini ko‘rsatishini ta’kidladi. Abrams tanklarini ishlab chiqarish uchun AQSH 400 million dollar xarajat qilishi aytilmoqda.

“Tanklar Ukraina uchun maxsus General Dynamics tomonidan ishlab chiqarilishi sababli ularni yetkazib berish bir yildan ko‘proqqa kechiktirilishi mumkin”, — deb yozmoqda Amerika OAVlari.

Abrams xususiyatlari

M1 Abrams 1980-yildan beri AQSH mudofaasiga xizmat qiladi. Vashington Abramsning 2,6 mingdan ortiq turli modifikatsiyalaridan foydalanadi, ularning 3,5 mingga yaqini zaxirada saqlanmoqda. Shunga o‘xshash tanklar Avstraliyadan Marokashgacha bo‘lgan bir qator mamlakatlarda xizmat qiladi va turli sharoitlarda o‘zini yaxshi isbotlagan.

Abrams tanklari og‘irligi 70 tonnadan oshadi, 1 500 ot kuchiga ega. U 120 mm asosiy qurol, M2.50 kalibrli pulemyot, 7,62 mm pulemyotli M240 bilan qurollangan. Abrams jangovar harakatlarda ilk bor Fors ko‘rfazi urushida ko‘rinish bergan. Urushda 2 000 dan ortiq Abrams tanklari jangovar bo‘linmalar bilan birga joylashtirilgan va faqat 23 tasi shikastlangan yoki yo‘q qilingan.

Avvalroq AQSH rasmiylari Oq uy Abramsni Ukrainaga G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatni keskinlashtirishdan qo‘rqib emas, balki Amerika tanklarining ishlashi juda qiyinligi va ko‘p xos yonilg‘i talab qilgani uchun jo‘natmoqchi emasligini bildirgandi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »