Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yashirin bunkerlari bor. Bu haqda SSSR KGB va Rossiya Tashqi razvedka xizmatining sobiq xodimi Sergey Jirnov 25-yanvar kuni Freedom telekanali efirida gapirdi.

Foto: Getty Images

Jirnovning soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti xavfsizligi uchun bir nechta maxfiy bunkerlar tayyorlangan, biroq bu obyektlarning hammasi ham uzoq vaqt qolishga moʻljallanmagan. Jirnov obyektlardan biri to‘g‘ridan to‘g‘ri Iosif Stalin davrida qurilib, Kreml ostida joylashganini aytdi. O‘sha paytda muhandislar SSSR rahbari ma’muriyatni jimgina tark etishi uchun alohida metro liniyasini qurgan, deydi u.

Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli yana bir maxfiy bunker — Ramenki-43 ham Moskvada joylashgani ta’kidlanadi.

“Bundan tashqari, barcha maxsus xizmatlarning bunkerlari bor, KGB va Bosh shtabda ham bir nechta obyektlar mavjud. Aslida, maxsus xizmatlarning qayerda rezidensiyasi bo‘lsa, o‘sha yerda bunkeri bor. Savol shundaki, ular uzoq vaqt davomida avtonom hayotni ta’minlash uchun qanchalik jihozlangan va chuqur? Bunday bunkerlar unchalik ko‘p emas”, — taʼkidladi Jirnov va yana bir bunker Vladimir Putin uchun maxsus Novo-Ogaryovo qishlog‘ida joylashgan prezident qarorgohida qurilganini aytdi.

2022-yil dekabr boshida Rossiyaning “Sobesednik” nashri prezident Vladimir Putin uchun butun Rossiya bo‘ylab maxfiy bunkerlar qurilgani haqida ma’lumot bergan.  Shuningdek, The Mirror nashri dekabr oyida Vladimir Putin ommaviy gripp tarqalgani sababli yashirin bunkerdaligi haqida xabar bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »