Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2017—2022-yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilgan muhim islohotlar va ularning natijasi o‘rganildi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

So‘nggi olti yilda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qaror qabul qilindi. Buning natijasida:

  • tadbirkorlik sohasida talab etiladigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi;
  • 33 turdagi litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga xabardor etish tartibi joriy etildi; 
  • soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi;
  • soliq tekshiruvlari turi 13 tadan 3 taga qisqartirildi;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga kamaytirildi; 
  • ijtimoiy soliq stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi;
  • 3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji va 1,1 ming turdagi tovarlar uchun aksiz solig‘i bekor qilindi; 
  • 3 mingdan ziyod turdagi tovarlar uchun import bojxona bojlari keskin kamaytirildi.

2022-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 54,2 foizni, fermer xo‘jaliklari 18,1 foizni, xususiy korxonalar 15,3 foizni, oilaviy korxonalar 9,4 foizni, dehqon xo‘jaliklari 1,9 foizni, boshqa shakldagi subyektlar ulushi 1,1 foizni tashkil etgan.

2017-yilda tadbirkorlik subyektlari soni 283 mingdan ortiqni tashkil etgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida so‘nggi 6 yilda amalga oshirilgan islohotlar natijasida bu ko‘rsatkich 2022-yil yakuniga kelib, 523 mingtadan ortib ketdi yoki 2017-yildagiga nisbatan 240 mingtaga yoki 1,8 marotaba ortgan.

O‘zbekistonda 2022-yil yakunlari bo‘yicha har 1 000 kishiga to‘g‘ri keladigan tadbirkorlar soni o‘rtacha 15 nafarni tashkil etadi. 

Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 36,8 nafarni, Navoiy viloyatida 21,9 nafarni, Sirdaryo viloyatida 18,1 nafarni, Surxondaryo viloyatida 10,3 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 10,6 nafarni, Namangan viloyatida 11,4 nafarni tashkil etgan.

2022-yil yakuniga kelib, kichik va xususiy tadbirkorlikning YIMdagi ulushi 54,9 foizga, qurilishda 72,4 foizga va bandlik sohasida 74,4 foizga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »