Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Angor, Termiz, Muzrabot, Jarqoʻrgʻon, Shoʻrchi va Sariosiyo tumanlariga 25-yanvar kuni yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Shu kuni Uzun, Denov, Oltinsoy, Boysun, Bandixon, Sherobod, Qiziriq tumanlariga ham yangi hokimlar tasdiqlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uzun tumani hokimi lavozimiga Xabibulla Bozorov tasdiqlandi.

Xabibulla Bozorov 1980-yil 3-aprelda Angor tumanida tugʻilgan. 2003-yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi huquqshunos.

U 2003—2022-yillarda Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Denov tumani hokimi lavozimiga Ilhom Abrorov tasdiqlandi.

Ilxom Abrorov 1971-yil 3-iyulda Denov tumanida tugʻilgan. 1995-yil Tojikiston davlat universiteti, 2008-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, davlat va jamiyat qurilishi.

U 1997—2020-yillarda mahalliy hokimliklar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020-yildan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Oltinsoy tumani hokimi lavozimiga Bahrom Mahmatrayemov tasdiqlandi.

Bahrom Mahmatrayemov 1974-yil 7-iyunda Denov tumanida tugʻilgan. 2000-yil Termiz davlat universiteti, 2006-yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri, soliqlar va soliqqa tortish.

U 1996—2021-yillarda Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021-yildan buyon Kinematografiya agentligi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Boysun tumani hokimi lavozimiga Baxodir Shukurov tasdiqlandi.

Baxodir Shukurov 1973-yil 1-yanvarda Boysun tumanida tugʻilgan. 1995-yil Toshkent davlat universiteti, 2004-yil Toshkent davlat yuridik instituti, 2006-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi fizik, huquqshunos.

U 1994—2022-yillarda Ekologiya davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.2022-yildan buyon Vazirlar Mahkamasining Ekologik nazorat boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Bandixon tumani hokimi lavozimiga Abdumalik  Allamurodov tasdiqlandi.

Abdumalik Allamurodov 1977-yil 17-aprelda Termiz tumanida tugʻilgan. 1998-yil Termiz davlat universitetini, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.

U 2000-2022-yillarda Adliya, Prokuratura, Ichki ishlar organlari, Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Sherobod tumani hokimi lavozimiga Zaynobiddin Xalilov tasdiqlandi.

Zaynobiddin Xalilov 1973-yil 19-iyunda Sariosiyo tumanida tugʻilgan. 1995-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2006-yil Termiz davlat universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi gidrotexnika qurilishi, iqtisodchi.

U 2006-2022-yillarda monopoliya, qurilish vazirligi, raqobat qoʻmitasi, hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Hisob palatasining shoʻba mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Qiziriq tumani hokimi lavozimiga Sherzod Rajabov tasdiqlandi.

Sherzod Rajabov 1984-yil 26-yanvarda Qiziriq tumanida tugʻilgan. 2007-yil Termiz davlat universiteti, 2014-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi.

U  2008—2021-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021-yildan buyon Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »