Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tomonidan urushda qatnashgan Kolumbiyaning ikki ko‘ngilli fuqarosi 18-yanvar kungi jangda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

“Ikki nafar Kolumbiya fuqarosi dekabr oyidan beri Ukrainada bo‘lib, Ukraina armiyasining 49-piyoda batalyonida xizmat qilgan”, — deyiladi xabarda. Harbiylarning ism-familiyalari ko‘rsatilmagan.

Kolumbiyaning Polsha va Ukrainadagi elchixonasi xodimlari qurbonlarning rafiqalari bilan bog‘lanib, jasadlarni vatanga qaytarish jarayoni boshlangani haqida xabardor qilgan. Halok bo‘lgan askarlarning oilalari ularning o‘limini tasdiqlovchi fotografik dalillar olishni istayotganini aytgan.

Avvalroq Soledar yaqinida Ukraina tomonidan jangovar harakatlarda qatnashgan ikki nafar Britaniya fuqarosi, 28 yoshli Kris Perri va 47 yoshli Endryu Begshou halok bo‘lgandi. Perri avvaliga Severodonetskdan aholini evakuatsiya qilishda ishtirok etgan, keyin Limanning sharqida ishlagan, Begshou esa gumanitar yordam yetkazishda qatnashgan.

Sky News maʼlumotlariga koʻra, ikki britaniyalik 7-yanvar kuni Soledar yoʻnalishidagi janglar vaqtida bedarak yoʻqolgan, ular “Soledardan gumanitar evakuatsiya qilishga urinish paytida” halok boʻlgan. Britaniyaliklardan birining oilasi ma’lum qilishicha, Perri va Begshou ketayotgan mashinaga artilleriya snaryadlari tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »