Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik oligarx Roman Abramovich Rossiya va Ukraina rasmiylari o‘rtasida vositachi bo‘lib qolayotgani, biroq uning roli o‘zgargani ma’lum qilindi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Ma’lum qilinishicha, Abramovich tashkillashtirishda yordam bergan tinchlik muzokaralaridan so‘ng, uning roli mahbuslar almashinuvi va don eksporti bilan qisqartirilgan. G‘arb rasmiylari Abramovich Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqadaligi uchun u tinchlik muzokaralariga yo‘l ochishiga umid qilgan. Biroq, Ukraina, AQSH va Yevropa rasmiylari endi rossiyalik oligarxdan urush paytida muloqotda vositachilik qilishda muhim rol o‘ynashini kutmayapti.

AQSH rasmiylari Roman Abramovichga nisbatan ikki xil qaraydi. Biroq ular Ukraina talabi bilan Britaniya va Yevropa Ittifoqidan keyin unga qarshi sanksiyalar kiritishga shoshilmayapti. Ukraina hukumati yaqinda uni o‘zining sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi, biroq barcha harbiy asirlar qaytarilmaguncha sanksiya amal qilinishini to‘xtatib qo‘ydi.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munozaralarda, agar ba’zi masalalarga aralashish zarurati tug‘ilsa, u rol o‘ynashi mumkin. Lekin bu muzokaraning birinchi bosqichida bajargan vositachi roli bo‘lmaydi”, — dedi Ukraina ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »