Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oʻzbekiston—Qirgʻiziston hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyati koʻp jihatdan transport sohasidagi hamkorlik samaradorligiga bogʻliq. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan soʻng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.

“Saʼy-harakatlarimizning muvaffaqiyati koʻp jihatdan transport sohasidagi hamkorlikning samaradorligiga bogʻliq”, — dedi davlat rahbari.  Shu sababli transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish strategik yoʻnalishlardan biri ekanligini qayd etdi.

Muzokaralar davomida yetakchilar Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga ahdlashib oldilar. Energetika sohasi ham, xususan, Qambarota GES-1 ni birgalikda barpo etish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

“Ushbu megaloyiha, hech shubhasiz, nafaqat Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning, balki butun mintaqamizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muzokaralarda hududlararo aloqalarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Chegaraoldi viloyatlar rahbarlari kengashining yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib borish mazkur aloqalarning kengayishiga xizmat qiladi.

“Boshqa hech bir mamlakat bilan bunday noyob muloqot maydoniga oʻxshashi yoʻq”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »